Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Ona tilim

Qadim Turkistonning shuhrati, shoni,

Ajdodlardan meros nurli imkoni,

Qodiriy, Choʻlponlar asriy armoni,

Qalbimning toʻrida jo boʻlgan tilim,

Seni ardoqlagay toabad elim.

 

Navoiy faxr etib soʻzlagan tilim,

Boburlar yetolmay, boʻzlagan tilim,

Goho qismatingdan ezilar dilim,

Qalbimning toʻrida jo boʻlgan tilim,

Seni ardoqlagay toabad elim.

 

Sen ummon ostidan terilgan bir dur,

Shu tilda allalar tinglagan Temur,

Sen-la necha shoirlar boʻldilar mashhur.

Qalbimning toʻriga jo boʻlgan tilim,

Seni ardoqlagay toabad elim.

 

Amonova Gulchehra,

Buxoro viloyati Shofirkon tumani

25-maktab

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.