Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Tugatilmagan maktub

Gulnora opa ishdan kelgach, uylarni bir qator ko‘zdan kechirib, atrofga razm soldi. Hovli yuziga suvlar sepilgan, o‘rik daraxti tagidagi so‘riga ko‘rpachalar solingan. Xontaxta ustiga chiroyli guldasta qo‘yilib, bir chekkasiga xat ham yozib qo‘yilgan edi. Xatda “Oyijon men sizni yaxshi ko‘raman. Siz uchun o‘zim ovqat qilaman...” Gulnora opa hayratlanib xatni qayta-qayta o‘qib chiqar ekan, bu xatni kim va qaysi bolam yozdi ekan, Dilnavozmi, Alishermi? Nahotki, ovqat qilgan bo‘lsa? Qanday ovqatligini bilay, deb oshxonaga kirdi. Qozonning qopqog‘ini ochib qarasa, ovqat yo‘q! Shu payt ichkaridan Alisher chiqib keldi. U onasining qo‘lida hali tugatib ulgurmagan xatni ko‘rdi.

– I-ye, oyijon. Nega xatimni oldingiz? Men uni hali tugatganim yo‘q-ku. Bu xatimda katta bo‘lsam, sizga xohlagan ovqatingizni pishirib berishimni aytmoqchi edim! – dedi.

Gulnora opa o‘g‘lidan xafa bo‘lmadi. Aksincha, yuziga tabassum yugurdi. Sababi, bu tugatilmagan maktubda o‘g‘lining onasiga bo‘lgan hurmati, mehr-muhabbati bayon etilgan edi-da.

 

Xatiraxon TURSUNBOYEVA,

O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.