Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Ustoz ijodi

Non sehri

– Oyijonim, doim siz

Mazali non yopasiz!

Buncha shirin va xushbo‘y

Unni qaydan topasiz?

 

– Dehqonlar yetishtirgan,

Suv bergan daryo, soyi!

Quyosh toblab pishirgan –

O‘zbekiston bug‘doyi!

 

Quvvatin ona zamin

Beradi bug‘doy donga!

Dehqon mehnatin ta’mi,

Singadi bo‘liq donga!

 

Ona mehrini qo‘shib,

Undan xamir qoradi!

Tandir olovda jo‘shib,

Qaynoq taftin beradi.

 

Bilib qo‘ygin sen, shundan

Bug‘doy nonning sehrini!

Olar yer, quyosh, suvdan

Va onalar mehrini!

 

Arra

Bo‘laklarga bo‘laman,                                 

Akang qarag‘ay – arra!                               

Charxlab ko‘ring tishimni,                       

Tez qirqaman 3 karra!                             

 

Tishim o‘tmaydi biroq,                           

Bo‘lsa ham nomim – arra.                          

Qirqolmayman, ajabo –                      

Ne bo‘lsa yumshoq, barra!                           

 

O‘tin, taxta, yog‘ochni                                  

Ikkilanmay qirqaman!                          

Bir iltimos: temirni                              

Qirqmang, juda qo‘rqaman!

 

Isiriq

Darsini qilib Ali,

Chiqdi sayr qilgani.

Ko‘zi qizargandi sal

Do‘stlar hayron: bu ne hol?

 

– Sog‘ yuringlar, deb doim

Isiriq tutatar oyim.

Kovidga solar qiron

Isiriq o‘t – pahlavon.

 

qituvchi

Tuvakchada bir gul o‘stirdim,                   

Unga butun mehrimni berdim!                 

Quyosh sari cho‘zib bordi bo‘y,                     

Chiroy ochdi, ifori xushbo‘y!                     

 

O‘ylab ko‘rib, his qildim shu dam:           

Insonga ham, hatto gulga ham,                  

Kichikmi yo kattami yoshi,                           

Kerak ekan mehr quyoshi!                     

 

Yorug‘, issiq quyoshning mehri,                   

Teng ulashar  – shundadir sehri!             

O‘qituvchim – uning qiyosi:                        

Teng ulashar mehr quyoshin!    

 

Qurdosh ODINAYEV, 

Angren shahridagi 31-maktab targ‘ibotchisi               

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.