- Rukn: Sheʼrlar
- 2404 marta ko‘rilgan
Agar sevsang elingni...
Pishiqchilik
Tipratikan g‘arq pishgan
Olmazordan borardi.
Olishga hech iloj yo‘q,
Havas bilan qarardi.
“Tap” etdi-yu naqsh olma
Ignasiga qadaldi.
Ajablanib, bu holga
Tushunolmay lol qoldi.
U yon, bu yon boqib der:
– Hazilmi bu, ne qiliq?
Sado keldi yer-ko‘kdan:
To‘kinlik!
Pishiqchilik!
Xizmating – izzating
Agar sevsang elingni,
E’zozlagin tilingni.
Yurtga qilgan xizmating –
Topgan ikrom-izzating.
Baland tutib aslingni,
Jilovlay bil nafsingni.
Qilib minnat-u tama,
O‘z qadringni toptama.
Nomardlikdan olis bo‘l,
Sofdil, odil, xolis bo‘l.
A’lo xulqli xislating,
Nurga burkar qismating.
Qambar Ota