- Rukn: Sheʼrlar
- 403 marta ko‘rilgan
Askarlar
Qayg‘u ham shodlikka aylanar,
Kabutar uchmoqqa shaylanar,
Navnihollar o‘sar, ulg‘ayar,
Bor bo‘lsa gar botir askarlar.
Qudratli armiya yurtni qo‘riqlar,
Yashaymiz sog‘-omon, sizdan minnatdor.
Rahna sololmagay hech qachon g‘anim,
Sog‘ bo‘ling, bor bo‘ling, mard pahlavonlar.
Yurtimiz tinchligi uchun siz – bedor,
Kecha-kunduz tolmas, doimo hushyor.
Sarhadlarni sergak kuzatib turar,
Chegarachi askarlar, jasur o‘g‘lonlar.
Behruz TOSHTEMIROV,
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani 2-maktab 10-sinf