- Rukn: Sheʼrlar
- 916 marta ko‘rilgan
Beg‘uborlik
Bolalik – beg‘uborlik,
Doim ulashar shodlik.
Bola kulgisi bilan
Charog‘on olam, borliq.
Qalbi pok insonlarni
Bolaga qiyoslashar.
Chunki bolalar doim
Sodda, beg‘ubor yashar.
Sabrina ABDURAFIQOVA,
Samarqand viloyati Samarqand tumani 34-maktab 6-sinf