- Rukn: Sheʼrlar
- 1368 marta ko‘rilgan
Qish zavqi
Osmondan o‘ynab tushar
Pag‘a-pag‘a laylak qor.
Zavqim, ilhomim oshar,
Tildan tushmas she’r, alyor.
Ko‘ngillar shoddir qishdan,
Bo‘lganida yaxmalak.
Zarrin oftob nurida
Tovlanadi sumalak.
Bot-bot chanada uchmoq,
Qorbo‘rondan dil yayrar.
Men yasagan o‘yinchoq
Uy archamizni bezar.
Bibimaryam KOMILJONOVA,
Buxoro viloyati Kogon tumani
8-maktab 5-sinf