- Rukn: Sheʼrlar
- 484 marta ko‘rilgan
Ustoz
Ey, mo‘tabar ulug‘, zot, fidokor inson,
Ilm sirin o‘rgatar aziz qadrdon.
Hayot siz-la go‘zal, sizsiz zimiston.
Boshim yerga tegguncha qilaman ta’zim.
Qalbim to‘ridasiz, mukarram ustoz!
Qancha qadrlasak asli shuncha oz.
Kun kelar, albatta, bo‘lsak chin inson,
Bergan ta’limingiz shudir beqiyos.
Malika ISLAMOVA,
Samarqand shahri 21-maktab
11-sinf