- Rukn: Sheʼrlar
- 2308 marta ko‘rilgan
Bahor
Bahor keldi kulib noz bilan,
Turfa gullar qo‘lda soz bilan,
Kutdik uni zo‘r e’zoz bilan,
Quvonchimsan, go‘zal bahorim.
Varrak bo‘lib aylasin parvoz,
Satrlarim tushgan oq qog‘oz,
Madhing kuylay qo‘lga olib soz,
Ilhomchimsan, o‘zing, bahorim.
Daraxtlaring gullasin o‘lkam,
Olam ichra o‘zingsan olam,
Jannatlarday bebaho, ko‘rkam,
Bog‘bonimsan, naqqosh bahorim.
RAMAZON BAQOYEV,
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani
9-maktab