- Rukn: Sheʼrlar
- 2197 marta ko‘rilgan
Pazanda
Avaz, Dono, Sayyora
Qurdilar katta davra.
Bir-biriga mehribon,
O‘ynashar “mehmon-mehmon”.
“Novvoy” bo‘lib Muqaddam
Xamir qoradi ildam.
Pishgach patir, shirmoy non,
Ulashadi u shodon.
Muqaddam kelajakda
Bo‘lmoqchi zo‘r pazanda.
Hozircha “yopgan” nonin
Xamiri – plastilin.
Muattar ALIMBEKOVA,
Toshkent shahar Mirobod tumani 214-maktab