- Rukn: Sheʼrlar
- 1053 marta ko‘rilgan
Bahor
Sharqirab suvlar,
Isidi kunlar,
Ochilib gullar,
Bahoroy keldi.
Yalpizlar o‘sib,
Ko‘kka bo‘y cho‘zib,
Qish yo‘lin to‘sib,
Bahoroy keldi.
Gullar bezanib,
Daraxt yasanib,
Shodlanar tanim,
Bahoroy keldi.
Azizbek JUMAYEV,
Toshkent tumani
15-maktab 6-sinf