Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Bolalik

Kapalak misoli har tomon uchgan,

Cheksiz xayollarim ummoni o‘zing.

Sokin tun bag‘rida yulduzga boqib,

Oyni so‘roqlagan nigohim o‘zing.

 

Bog‘larda yoqimli sayragan bulbul,

Go‘yo so‘zlar edi qadim ertaklar.

Shamolning kuyida tebranar edi,

Anhorga soyabon qator teraklar.

 

Bari yodimdadir – bolaligimda

Yalangoyoq o‘ynab yurgan kezlarim.

Hamon ko‘z o‘ngimda chang ko‘chalarda,

Muhrlanib qolib ketgan izlarim.

 

Bolalik sen birla o‘tgan kunlarim,

Qalbim torlariga ipdek bog‘ladim.

Oppoq orzularga limmo-lim to‘la

Yuragim tubiga mangu joyladim.

 

Farangiz YO‘LDOSHEVA,

Toshkent davlat transport

universiteti talabasi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.