- Rukn: Sheʼrlar
- 565 marta ko‘rilgan
Ona
Siz ila o‘tkazgan aziz onlarim
Hayot sarlavhamda o‘yib yozilgan.
Qalamdan to‘kilgan har bitta satrim
Ko‘nglimda dard bo‘lib, qator tizilgan.
Onajon... jon onam, qalbimning nuri,
Sizsiz yuragimda armon urar jo‘sh.
O‘tgan kunlarimning yo‘qdir sururi,
Endi kulolmayman, hislarim bo‘m-bo‘sh.
Hayot Ona bo‘ldi siz mendan ketib,
Ko‘zlarimga malham – bosgan izingiz,
Ilmning zalvorli yo‘lini tutib,
Armoningiz ro‘yob qilar qizingiz.
Robiya ERGASHEVA,
Toshkent shahar 116-IDUM 11-sinf