- Rukn: Sheʼrlar
- 654 marta ko‘rilgan
Ustoz
Ustoz-shogird desa, boqardim hayron,
Bunda jo bo‘larkan buyuk ehtirom.
Qandayin shogirdman, savollar bisyor,
Ustoz, minnatdorman yillar o‘tsa ham.
Mehringizdan asli yuksalib ijod,
Poydevori so‘z-la qurildi chindan.
Bergan ta’limingiz qalbda barhayot,
Yutuqqa erishsam, bahosi sizdan.
Derdingiz: “Qofiya, turoq va vazn,
She’ringiz bezasa shunda erur soz”.
O‘shanda bilmasdim, nima bu vazn?
Bilsam, she’rim yo‘lga solarkan Ustoz!
Dilnura HAYDAROVA,
Farg‘ona viloyati Quva tumani
61-maktab 10-sinf