- Rukn: Sheʼrlar
- 1276 marta ko‘rilgan
Baxtli bolalik
Ozod Vatan qoʻynida,
Ochildi gul-lolalar.
Madh etamiz shodlikni,
Biz baxtiyor bolalar.
Osmonimiz musaffo,
Tiniq otar tongimiz.
Kelajakka nur sochar –
Shuurimiz, ongimiz.
Bolalikning sofligin,
Shalolaga qiyoslar.
Yuqoridan kuzatib,
Chaqnab ketar quyoshlar.
Tinch boʻlsin yer kurrasi,
Olov qalblar gurlasin.
Madhiyadir olamga,
Bolalarning “urra”si!
Yayratadi dillarni,
Oʻyin-kulgi, yallalar.
Bolalik quvonchimiz –
Kamalakday ranglanar.
Bobomeros Vatanga,
Sodiq farzand boʻlamiz.
Kelajagin yaratib,
Iqbolini koʻramiz.
Koʻnglimizda hayajon,
Xurramlik – katta boylik.
Bolalikning qadriga
Bolalikda yetaylik!
Orif TOʻXTASH