Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Bo‘ladi eng yaxshi do‘st kitob

Kitob

 

Odamlar qalbiga nur sochar,

Ma’noli yozilgan zo‘r kitob.

O‘qisang gar sevib sen uni,

Bo‘ladi eng yaxshi do‘st kitob.

 

Sizga deydi bobongiz Jabbor,

Oltin davring o‘tkazma bekor.

Kitob o‘qib, chaq uning mag‘zin,

Bilimli bo‘l, och aql ko‘zin.

 

Qo‘shiqchi bola

 

Sinfimizda biz uni,

Sevib deymiz qo‘shiqchi.

Rost bo‘lsa bir tinglaylik

Qani, u kuylasin-chi.

 

Dutor olib qo‘liga,

Nurbek kuylar berilib.

Endi ishondingmi, deb,

Oybek so‘zlar kerilib.

 

Jam bo‘lishib barchamiz,

Qo‘shiq tingladik yana.

Biz ham ishonib unga,

Deymiz “qo‘shiqchi bola”.

 

Jabbor XALIL

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.