Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Buvimning o‘giti

Ertaroq tur, jon bolam,

Baxting butun bo‘ladi.

Eng baxtiyor kun senga –

Bilsang, bugun bo‘ladi.

 

Ertaroq tur, jon bolam,

Umring uzun bo‘ladi.

Tong nasiba ulashar,

Rizqing butun bo‘ladi.

 

Ertaroq tur, jon bolam,

G‘aflat bosib uxlama.

G‘animatdir har odam, 

Daryodek bo‘l, to‘xtama!

 

Ertaroq tur, jon bolam!

 

Mirzohid MUSAQULOV,

Samarqand viloyati Qo‘shrobot tumani

42-maktab o‘qituvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.