- Rukn: Sheʼrlar
- 88 marta ko‘rilgan
Onam topgan kulchalar
Yodga tushsa bolalik,
Dilda sog‘inch kuy chalar.
Ta’mi tilda qolarlik
Onam yopgan kulchalar.
Dasturxonda sedana –
Duoga shay qo‘lchalar.
Terib yesin bedana –
Onam yopgan kulchalar.
Neki bo‘lsa taqdirdan,
Ulg‘ayadi dilchalar.
Kulib chiqar tandirdan
Onam yopgan kulchalar.
Bolalik – poshsholigim,
Sog‘intirding munchalar.
Qondirar tashnaligim
Onam yopgan kulchalar.
Mirzohid MUSAQULOV,
Samarqand viloyati Qo‘shrobot tumani
42-maktab o‘qituvchisi