- Rukn: Sheʼrlar
- 68 marta ko‘rilgan
Qish yomg‘iri
Qishning qoq o‘rtasida
Bulutning ko‘ngli bo‘shab,
Yomg‘ir yog‘ib yubordi
Bahor kuniga o‘xshab.
Yomg‘ir tinishi bilan
Bulut asta muzladi.
Oppoq qorlar beg‘ubor
Hikoyasin so‘zladi...
Mirzohid MUSAQULOV,
Samarqand viloyati Qo‘shrobot tumani
42-maktab o‘qituvchisi