Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Davlatimiz ramzlari

Davlatimiz ramzlaridir u –

Bayrog‘i, gerbi, madhiyasi.

Bu muqaddas timsollarimiz

E’zozlar yurt yosh, qariyasi.

 

Ular erur tinchlik belgisi,

Yurtimiz hurlik belgisi.

Unga munosib-la yuraylik,

Tinchlik uchun hushyor turaylik.

 

Kimlar orzu qilmadi uni,

Usmon Nosir ko‘rmadi uni.

Unga jodir ajdodlar yodi,

Cho‘lpon, Qodiriylar faryodi.

 

Bu timsollar g‘urur, orimiz,

Bu timsollar iftixorimiz.

Ko‘taraylik ko‘klarga mudom,

Qalbda mehr, hurmat, ehtirom.

 

Zahro HASANOVA

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.