Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Dugonamning choʻntagi

Dugonam cho‘ntagini

Huv, ichidan teshibdi.

Ne-ki solsa cho‘ntakka,

Etagiga tushibdi.

 

Olaman deb ularni

Qidirgani, qidirgan.

Ba’zida-chi, yordamga

Dugonalar ham kelgan!

 

Tikaman deb uyiga

Borsa, esidan chiqar.

Dugonamning cho‘ntagin

Bunaqada kim tikar?

 

Shodiya SHUHRATOVA,

Toshkent viloyati Qibray tumani 29-maktab 7-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.