Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Qushchalar

Eh qushchalar, qushchalar,

Hech tinmaysiz, uchasiz.

Erkinsiz-ey shunchalar

Samolarni quchasiz.

 

Dalalarni titasiz,

Ekin sog‘lom bo‘lsin deb.

Hasharotlar tutasiz,

Buguningiz g‘amin yeb.

 

Rizqingizni tabiat

Yer-u ko‘kka sochibdi.

Shu sababdan samo, yer

Sizga bag‘rin ochibdi.

 

Dildora YO‘ldosheva,

Farg‘ona viloyati Quva tumani

8-maktab 9-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.