Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Onamga

Bo‘lsam mabodo bemor,

Peshonamdasiz bedor.

Tuzalishim-chun darddan

Shirin so‘zingiz malham.

 

Quyosh yerni qizdirsa,

Siz men uchun oftobsiz.

Qalbingizda g‘ubor yo‘q,

Yozilmagan kitobsiz.

 

Ilmingiz sarhadi keng –

Siz birinchi ustozim.

“Farzandim a’losi” – deng,

“Durdonam – deng, jon qizim”.

 

Nasiba Ochilova,

Qashqadaryo viloyati

Mirishkor tumani

11-maktab 8-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.