- Rukn: Sheʼrlar
- 951 marta ko‘rilgan
Tong nafasi
Zarrin nurlari-la sochimni silab,
Quyosh uyg‘otadi erta tong bilan.
Ko‘ksimni ochaman kengliklarga men,
Yuragim uyg‘onar go‘yo bong bilan.
Assalom, momo yer, assalom, quyosh,
Assalom, men tuygan ey, tonggi nafas.
Assalom... Aks sado berar uzoqdan.
Yuragim bongiday jarangdor bir sas.
Tong shunday beg‘ubor, shunday musaffo,
Qalbingni to‘ldirar beg‘ubor hislar.
Borliq kelinchakday yasangan go‘yo,
Baxtning shu’lasidan yorishar yuzlar.
Ro‘zaxon Safarboyeva,
Nizomiy nomidagi
TDPU I-bosqich talabasi