Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Gulbahor faslidan sen

Palagi toza bola

 

Shod bola, shodon bola,

Yuzlari shirmon bola,

Qalbi keng jahon bola,

Xush kelding, qulluq, bola!

 

Hur tanda ungan qonsan,

Sog‘ tanda ungan jonsan,

Pok vijdon, but imonsan,

Qadami qutlug‘ bola!

 

Alpomish kelbatlisan,

Termiziy zuryodisan, –

Temurdek jur’atlisan,

Nigohi o‘tlug‘ bola!

 

Palagi juda toza,

Niyatlari pokiza,

So‘zlari to‘la ma’no,

Barkamol, bo‘liq bola!

 

Nurga o‘ch aslida sen,

Gulbahor faslidan sen,

Ulug‘bek naslidan sen,

Ulug‘ bola, Bek bola!

 

 

Ilonbaliq

 

Na baliqsan, na ilon,

Qaysi turga mansubsan?

Ko‘rinishing g‘alati,

Aytgin, qanday maxluqsan?

 

Maqsading turli zotlar

Bir vujudda qolishmi?

Hayvonot dunyosida

Yangi dovrug‘ solishmi?

 

Baliq, to‘rga tushishdan

Yo cho‘chib qolganmisan?

Ilon, zahar solishdan

Yo chindan tolganmisan?

 

Xurram RAYIMOV

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.