- Rukn: Sheʼrlar
- 737 marta ko‘rilgan
Gurulla osmon qadar
“Gulxan”jonim – qadrdon do‘stim,
Qanot berding orzularimga.
Ishonch berding, ko‘klarni quchdim,
Samimiylik, tuyg‘ularimga.
Sochlarimga oq oraladi,
Nuroniylik yuzimda balqqan.
Hamon ko‘nglim yoritib turar,
Yuragimda sen yoqqan gulxan.
Umrim bo‘yi hamrohim bo‘lib,
Ezgulikka chorlaganing rost.
Sening bitta orifang kabi,
Duodaman , qilaman e’zoz.
Yana qancha gulgun, navnihol
Ko‘zlarida porlab turasan.
Iste’dodning yalovi bo‘lib,
Ma’rifatga chorlab turasan.
O‘roloy MARDIYEVA,
Samarqand viloyati
Qo‘shrabot tumanidagi 35-maktab o‘qituvchisi