- Rukn: Sheʼrlar
- 519 marta ko‘rilgan
Ibrat
Shunday ko‘chaga chiqsam
Qalbimda qoldirar iz.
Ko‘zim oldida qator
Avtolar oqar viz-viz.
Qing‘ir ko‘z “Lasetti”lar
Ovoz yo‘q, o‘qdek uchar.
Nimaning hisobiga
Yaralgan olov kuchlar?
Avtolar odam tashir,
Biri esa oq moshin.
Traktorlar tarillar
Uni qotirar boshin.
Bilim konida “sichqon”
“Boshqar” deb qo‘lga boqar.
Ustozim kompyuterning
Chirog‘in dilga yoqar.
Akamni biron ishga
Ko‘rishmabdi hatto ep.
– Essiz, kompyuter bilan
Ishlashni bilmaysiz, deb.
Ustoz aytganin anglab
O‘zlashtirgum, fido jon.
Bir kuni ish qidirib,
Akamday bo‘lmay sarson.
Mo‘min Avaz