- Rukn: Sheʼrlar
- 1565 marta ko‘rilgan
Keling, sheʼrlar oʻqiylik
Quyosh
Men Quyoshman, Quyoshman,
Hamisha sizdek yoshman.
Zarrin nurlar sochaman,
Hosilga yoʻl ochaman.
Tinch boʻlsin osmonimiz,
Tolmasin posbonimiz.
Meni qutlagay har on
Serquyosh Oʻzbekiston!
Sheʼr degani
Sheʼr degani nur ekan,
Nur ekan, shuur ekan.
Koʻngil degan quloqqa
Bir sirli shivir ekan.
Keling, sheʼrlar oʻqiylik,
Uyqumiz ochilguncha.
Chor atrofga bodroqday
Tuygʻumiz sochilguncha.
Shoir Togʻa sheʼr yozar,
Har dilga esh boʻlsin, deb.
Kimki koʻp sheʼr oʻqisa,
Bahosi “5” boʻlsin, deb.
Yahyo Togʻa