- Rukn: Sheʼrlar
- 2153 marta ko‘rilgan
Kitob olib kelsangiz
Yurt tinchi
Sabzi ekdim bog‘imga,
Quyon sanab yesin deb.
Donni ko‘klam chog‘inda
Ekdim, qushlar kelsin deb.
Jonivorlar kezib bog‘
Bizni o‘yga toldirar.
Ayniqsa, qarg‘a “qag‘-qag‘”
Yong‘oq ko‘mib qoldirar.
Qaldirg‘ochlar mehrimni,
Bilib qoldi har yili.
Kim chiqarmas qahrini:
Yurti tinch, ravon yo‘li.
Kitob olib kelsangiz
Kichkintoyman, kichkina,
Menda yo‘qdir kek, gina.
Bizni bilmay ko‘p ona:
“Tarbiyasiz”, der yana.
Tarbiyamiz buzilmas,
Ko‘nglimizni bilsangiz.
“Ma, xo‘rozqand!” demasdan
Kitob olib kelsangiz!..
Kunlar tafti – ajdarboy
Chigirtkajon, chigirtka,
Tayyormisan, zo‘r ishga?
U sakradi uzoqqa,
Men undadim yurishga.
Mening ismim Sanjarboy,
Do‘stlashamiz kel, birga.
Hamla qilsa Ajdarboy,
Yo‘l ochiladi sirga:
U bilan jang qilamiz,
Olovin o‘chiramiz.
Kunlar tafti pasaysa,
Ajdarni kechiramiz.
Rauf SUBHON