Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Kuz

Oltin rangli barglari,

Ko‘zni maftun etadi.

Bulutning ko‘z yoshlari

Yog‘ib, afsun aytadi.

Dalalarda paxtalar,

Lo‘ppi-lo‘ppi ochilgan.

Go‘yo xalqning orzusi,

Kengliklarga sochilgan.

Yurtimiz to‘kinligin

Bizga ko‘z-ko‘z etadi.

Kuzni ko‘rib dilginam

Shodon yayrab ketadi.

 

Munisa ZUPAROVA,

Toshkent shahar Olmazor tumani 261-maktab 7-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.