Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Orzu

Amir Fayzulloga nabira bo‘lib,

Hind, pushtu tilini puxta o‘rganib,

Ilm dunyosida o‘qib, izlanib,

Bo‘layin bilimdon, mohir tarjimon.

O‘zbekcha she’rlarni hindchaga chunon

Chiroyli o‘giray, lol qolsin jahon.

Orzu etagidan tutayin mahkam,

Bolalik, tark etma, bo‘l menga hamdam.

 

Saidaxon AMIRXONZODA,

Toshkent shahar Uchtepa tumani

287-maktab 8-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.