Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Ona

Sizni qiyoslamoq, men uchun mushkul,

Ta’rifga so‘zlarim yetmas hech qachon.

Poyondozlar bo‘lsin poyingizga gul,

Mehribon chehrangiz munis, qadrdon.

Umringiz baxshida menga tun-u kun,

Men uchun kifoya sizning boringiz.

Ulg‘ayib ishonchni oqlayin butkul,

Ezgu tilaklarim sizga onajon.

 

Nozimaxon Rustambekova,

Xorazm viloyati Urganch shahri

30-IDUM 5-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.