Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

O‘zbeiston bayrog‘i

Osmon uzra hilpirar,

O‘zbekiston bayrog‘i.

Ko‘k va oq, qizil, yashil.

Mustaqillik mayog‘i.

 

Porlab turar bayroqda,

Yarim oy va yulduzlar.

Shu bayroqning ostida

O‘tar kecha-kunduzlar.

 

Bayrog‘imiz rangida

Tinchlik, soflik ramzi bor.

Shu muqaddas hayotda

Barchamizga tole yor.

 

Yuksaklarda hilpirar

Bayrog‘imiz — orimiz.

Shu Vatanga jon fido

Shu Vatandir borimiz.

 

 

Adiba QUVONDIQOVA,

Toshkent shahar

Mirzo Ulug‘bek tumani

207-maktab 8-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.