- Rukn: Sheʼrlar
- 2540 marta ko‘rilgan
Mehnatni sevgin har dam
Chumolining javobi
Baqa dedi: – chumoli,
Qiyin bo‘ladi holing.
Og‘ir yukni ko‘tarib,
Ne azob, charchab, horib.
– Bu har kungi odatim,
Tark etmayman mehnatim.
Vaqtim-chi, juda ham ziq,
Uyga tashiyman oziq.
Quloq sol o‘rtoq menga,
Bir gapni aytay senga.
Mehnatni sevgin har dam,
Hayotda bo‘lmaysan kam.
Shalola
– Ovozim bordir mayin,
Aylanib qilay o‘yin.
Zerikmayman oqqanda
Suvim tiniq, boq, qanday.
Ketaman yayrab-yayrab,
Go‘yo bulbuldek sayrab.
To‘xtamasdan oqaman,
Men hammaga yoqaman.
Nega oqayin sekin,
Dalada ko‘pdir ekin.
O‘xshab quvnoq bolaga,
Tezroq boray dalaga.
Shildir-shildir oqaman,
Men barchaga yoqaman.
Yunus TOLIPOV