- Rukn: Sheʼrlar
- 6729 marta ko‘rilgan
Mening vatanim
Dunyoda eng nurli yurt – mening vatanim,
Mevasi ming turli yurt – mening vatanim.
Dunyoda eng shirin soʻz – mening vatanim,
Bolalari mehmondoʻst mening vatanim.
Dunyoda eng yashil bogʻ – mening vatanim,
Tillodan ham asilroq – mening vatanim.
Dunyoda eng gul diyor – mening vatanim,
Baxt ulashib baxtiyor – mening vatanim.
Dunyoda eng suvi qand mening vatanim,
Togʻlari ham eng baland – mening vatanim.
Dunyoda eng tinch, ahil – mening vatanim,
Yashayversin mustaqil – mening vatanim.
Biz ham oʻsa boramiz, mening vatanim,
Gul qilib yuboramiz seni, Vatanim!
Husniddin Sharipov,
Oʻzbekiston xalq shoiri