- Rukn: Sheʼrlar
- 1310 marta ko‘rilgan
“O‘smoqda-ku bo‘yim ham...”
Yong‘q bo‘lsa bilardim...
Masalaga tish botmay
Yalinaman dadamga.
“Boshda yong‘oq chaqma”, deb
Jo‘natadi akamga.
Akam xunob. Manglaydan
Asta-asta oqar ter.
Surib chetga daftarim:
“Boshda yong‘oq chaqma”, der.
Xo‘p hayronman, ishim yo‘q
Mening aslo bosh bilan.
Yong‘oq bo‘lsa bir zumda
Chaqib yerdim tosh bilan.
Aqlli bola orzusi
Sher – onasin erkasi,
O‘zi ham zap taltaygan.
Og‘zi to‘lib uyalmay
Bizga aytar talay gap.
Hech kim unga, qo‘y endi,
Yaxshi bola bo‘l, demas.
Qachon, axir, bu qitmir
Chiqarmasdan yurar sas?!.
O‘tar kunlar kun quvib,
O‘smoqda-ku bo‘yim ham.
Bo‘lib qolar tez kunda
Mening sunnat to‘yim ham.
So‘ngra o‘qish, ish yana,
Ulg‘ayib qad keraman.
Buva bo‘lsam albatta,
Sherga tanbeh beraman.
Erpo‘lat Baxt