- Rukn: Sheʼrlar
- 238 marta ko‘rilgan
Qafasdagi qush
Qush parvozni o‘ylardi tinmay,
Yuragini chulg‘ab olar g‘am.
Uni chorlar edi faqat nay,
Bechoraga endi o‘lim kam.
Qush talpinar erkinlik sari,
Giryon bo‘lar, kezar sarsari.
Goh umidi uzilar bir-bir,
Kuzgi xazonrezgi singari.
Silkitgan chog‘ qafasni shamol,
Yashnab ketdi umid daraxti.
Qanotlarin yoyganda sezdi,
Uchmoq – qayta tug‘ilmoq baxti...
Durdona HOSHIMJONOVA,
Erkin Vohidov nomidagi
ijod maktabi 8-sinf