- Rukn: Sheʼrlar
- 427 marta ko‘rilgan
Tut
Bobom ekkan keksa tut –
Ko‘p tarixning guvohi.
Necha yilki bu tutning
Ko‘pga tushgan nigohi.
Umri bo‘yi mevasin
Insonlarga ulashgan.
Shifo topib dardiga,
Bemorlar dovon oshgan.
Shuning uchun bu tutning
Qadri baland biz uchun.
Ta’rifiga she’r bitib,
Maqtanmay men ne uchun?!
Niginabonu AMIROVA,
Samarqand ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati 10-sinf