- Rukn: Sheʼrlar
- 4940 marta ko‘rilgan
Qomusim
Kunduz – quyosh, tunlari
Nur sochar oy fonusim.
Sening bilan charog‘on
Hayotim, Bosh Qomusim!
Jajji qalbda orzular
Ushaladi sen sabab.
Sening o‘zing zo‘r muallim,
Sening o‘zing zo‘r maktab.
Huquq nima, burch nima
Bilib oldim o‘zingdan.
Sen azizsan men uchun
“Mustaqillik” so‘ziday.
Shu Vatan, deb yashayman,
Dilda orim, nomusim.
Yo‘llarimda mayoq bo‘l,
Qomusim, jon Qomusim!
Erpo‘lat BAXT