- Rukn: Sheʼrlar
- 17068 marta ko‘rilgan
Suv – aziz ne’mat
Suv – tiriklik, suv – hayot,
Uni asramoq kerak.
Udir eng aziz ne’mat,
Qadriga yetmoq kerak.
Suv bilan yashil dalam,
Suv bilan ko‘rkam olam.
Suv mo‘l bo‘lsa yo‘qdir g‘am,
Yo‘qdir qayg‘u, yo‘q alam.
Suvdir tomirdagi qon,
Suv-la tirik har bir jon.
Suvdir zamin yuragi,
Gul-giyohning tilagi.
Daryomi u, soymi u,
Ariq o‘tgan joymi u.
Har nelarni tashlama,
Ko‘ngillarni g‘ashlama.
Suv – halollik, suv – poklik,
Ozodalik va soflik.
Suvga zor ne makonlar,
Suvsiz o‘sar tikonlar.
Oqizib qo‘yma bekor,
Bil, uning uvoli bor.
Mayli ichgin, ishlat, to‘y,
Ortig‘ini asrab qo‘y.
Zahro HASANOVA