- Rukn: Sheʼrlar
- 346 marta ko‘rilgan
Ustoz ulugʻ
Ustoz ulug‘ otangdek,
Tik boqmagin ko‘ziga.
Hurmatin qil odamdek,
Amal qilib so‘ziga.
Kechamiz o‘tdi qantdek,
Bugun shod yashayapmiz.
Ertamiz qayda, qanday?
Sabog‘in olib shaymiz.
Chunki naqddir ertasi
Ustoz ko‘rgan bolaning,
Ayondir ta’m, mazasi
Nonidan zuvolaning.
Har bir bola ertakdek
Hayratlarga chulg‘onsin,
Erta ilinjida tek
Izlanishga uyg‘onsin.
Dunyo o‘zi imkondir:
Kecha, bugun ertaga.
Kim hokim, kim cho‘pondir,
Azizdir o‘z yurtiga.
Ota-ona, mahalla
Ustozga bo‘lsin qanot.
Qobil-u komil bola
Bilan sermazmun hayot!
Umida ABDUAZIMOVA