- Rukn: Sheʼrlar
- 4411 marta ko‘rilgan
Yoz
Nurlarini yig‘ib olar kun,
Osmon yerga tashlar soyasin.
Yulduzlarin yoqib qo‘yar tun,
Kesib qo‘yar oyning poyasin...
Shu’lalanib, sharqirab yotar
Ko‘k suvlarda oy siniqlari.
Yetib kelar muzday shabada –
Baland tog‘ning xo‘rsiniqlari.
Yalpizlarning bo‘yin ufurib
Sho‘x jilg‘alar vodiyga chopar.
Hovuzlarni yopinib olgan
Qurvaqalar jimlikni qopar.
Qizib ketar yer tomirlari...
Tunga iliq bo‘ylar taralar.
Birdan qaynoq yoz oqib kelar
Jimib qolgan bog‘lar oralab.
Shavkat Rahmon