Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Besh tashabbus

Kelajakka chorlovchi nurdir,

Aniq maqsad qalblarga qoʻrdir,

Yoshlar uchun koʻprikdir, yoʻldir,

Besh tashabbus yoshlar qoʻlida,

Chaqnab turgan iqbol yoʻlida...

 

Maqsad aniq, yoʻlimiz aniq,

Koʻzlar chaqnar, emasdir siniq,

Yuraklarda olov bor, tiniq,

Besh tashabbus yoshlar qoʻlida,

Chaqnab turgan iqbol yoʻlida...

 

Kelajakka boramiz shahdam,

Qoʻlni qoʻlga beramiz mahkam,

Gʻalabaga yetdik chinakam,

Besh tashabbus yoshlar qoʻlida,

Chaqnab turgan iqbol yoʻlida...

 

Elbek SAFAROV,

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 44-maktabning 9-sinf oʻquvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.