Sokin tun
Yorishdi osmonda yana toʻlin oy,
Samo ummonida erkin suzadi.
Yonidan yulduzlar olayotib joy,
Billurdek yaltirab koʻkni bezadi.
Charaqlab turadi Choʻlpon yulduzi,
U mening yulduzim, koʻnglim chirogʻi.
Har tun tinglar qalbim hislarin, soʻzim,
Shu bois bilinmas yoʻlning yirogʻi.
Osuda tin olar mukammal olam,
Uxlagan dalalar, bepoyon qirlar.
Gul-u maysalar ham oromda begʻam,
Ularda yashirin qancha sirlar bor.
Arujan SULAYMONOVA,
Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi 38-maktabning 10-sinf oʻquvchisi