Tarixim – faxrim
Yurtim ona tuprogʻi tabarruk, aziz,
Ne-ne buyuk zotlar yotgan qadamjo.
“Tarix bu oʻzlikdir”, deyilmas bejiz,
Moziylardan bizga beradi sado
Bobom Temur ruhi yashaydi mangu,
Mudom chorlab turar buyuk ishlarga.
Qadamlar shahdamdir, niyatlar ezgu,
Dunyo havas qilgay Oʻzbekistonga!
Navoiy soʻzlari yashar dillarda,
Qalbni kaʼba yangligʻ tabarruk bilgan.
Imom Buxoriyning barcha ellarda
Hadislarin koʻzga toʻtiyo qilgan.
Beruniy, Xorazmiy, ibn Sinolar –
Bunday ulugʻ zotlar ayting qayda bor?!
Ulugʻbek, Uvaysiy, Boburmirzolar
Buyuk Oʻzbekiston degan joyda bor.
Azizabonu MAMADALIYEVA,
Namangan viloyati Chust tumanidagi 7-DIMI ning 8-sinf oʻquvchisi