Daryo
Mavjlanib oqaver dilim shod etib,
Mavjingdan qoʻshiqlar yaralar daryo.
Yuzlarimni yuvib suving-la har tong,
Qalbimga iliqlik taralar daryo.
Shoshqin toʻlqinlaring qirgʻoqdan toshar,
Yurt uchun shaylangan jangchidek goʻyo.
Gohida sokinsan, gohida toshqin,
Irmoqlar jamidan yaralgan daryo.
Dildora YOʻLDOSHEVA,
Fargʻona viloyati Quva tumanidagi 8-maktabning 8-sinf oʻquvchisi