Sheʼriyat
Gohida oʻynatib, kuylatuvchi ham,
Gohi gʻam selida yigʻlatuvchi ham,
Oʻtli yaralarga eng yaxshi malham,
Oʻzi otash boʻlgan olov sheʼriyat.
Ruhing va taningga boʻladi xoqon,
Choʻlponlar koʻksida toʻqnashgan toʻfon,
Riyo va zulmatga qiladi isyon,
Seldayin vayronkor, asov sheʼriyat.
Tiz choʻkgil boshingga kiydiradi toj,
Koʻngillar sultoni oʻzing boʻlasan.
Lek uni yechmoqqa yoʻqdir hech iloj,
Birga tirilasan, birga oʻlasan.
Abdulloh ABDUHAMIDOV,
Fargʻona viloyati Toshloq tumanidagi 45-maktabning 11-sinf oʻquvchisi