Yurtim
Yurtim, taʼrifing tillarda doston,
Madhingni kuylab magʻrurman har on.
Sendan uzoqlashgan jamiki inson,
Sogʻinch tuygʻusi-la oʻrtanar har on.
Osmoni musaffo, sokin tonglari,
Sarxil mevalarga toʻla bogʻlari.
Vatanim, bagʻringda quvnab oʻtmoqda,
Baxtli bolalikning totli chogʻlari.
Ozodbek BOBOQULOV,
Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidagi 35-maktabning 7-sinf oʻquvchisi