Vatan uchun kurashganlar
Qoʻlida qurol olib, yurt uchun kurashganlar,
Janggohlarda yov bilan ayovsiz savashganlar.
Bobom bilan yonma-yon ogʻir janglarga kirib,
Reyxstagga gʻalaba bayrogʻin qadashganlar.
Inida parchalay, deb oʻsha qonxoʻr zolimni
Jang maydonida aslo pisand qilmay oʻlimni,
Bobom kabi oʻq tegib yarador boʻlsangiz-da,
Zafarlarga chulgʻarman, degandirsiz yoʻlimni.
O yurtdoshim, bir nazar solgin yaqin tarixga,
Vatan uchun jon berdi ne-ne koʻksi qalqonlar.
Men ularni oʻxshatgum koʻkda yulduz Mirrixga,
Xotirada abadiy qolgay oʻshal oʻgʻlonlar.
Behruz ABDUMUTALIPOV,
Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 154-maktabning 9-sinf oʻquvchisi