Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Yaqin doʻstim

Har kun, har dam men bilan birga,

Hamrohimdir dala-yu qirda.

Katta-kichik, rangi ming turda,

Yaxshi kitob – eng yaqin doʻstim.

 

Uni oʻqib, qalbim bezayman,

Turfa yurtni, elni kezgayman.

Samolarga qoʻlim choʻzgayman,

Yaxshi kitob – eng yaqin doʻstim.

 

Zeriktirmas meni hech qachon,

Maʼlum boʻlar yaxshi-yu yomon.

Toʻgʻri yoʻlni topamiz oson,

Yaxshi kitob – eng yaqin doʻstim.

 

Marjona BOZOROVA,

Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi 3-maktabning 9-sinf oʻquvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.